Osiyo o‘yinlari: akademik eshkak eshuvchilarimiz uch medalga sazovor bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarida vakillarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi M1x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmurzayev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. M2- dasturida Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorin juftligi kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Alisher Turdiyev va Maksim Golubev dueti bronza medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, «Aichi-Nagoya-2026» Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 1 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA