O‘zbekiston — Eron: tarkib qiymatida 53 million yevrolik farq
Transfermarkt ma’lumotlariga tayansak, 2026-yilgi Jahon chempionati uchun shakllantirilgan tarkiblar qiymatida O‘zbekiston Eronni sezilarli darajada ortda qoldirgan. O‘zbekiston terma jamoasining umumiy bozor qiymati 85,33 million yevro, Eronniki esa 32,05 million yevro atrofida baholangan. Ya’ni O‘zbekiston tarkibi qariyb 53,3 million yevroga qimmatroq.
O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi — “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov. Transfermarktning yozgi yangilanishidan so‘ng uning bozor qiymati 50 million yevroga yetgan. Bu ko‘rsatkich bilan Husanov O‘zbekiston futboli tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi.
Eron terma jamoasining eng qimmat futbolchisi esa Mehdi G‘ayedi bo‘lib, uning qiymati 4,5 million yevro deb baholangan. Eronning butun tarkibi 32,05 million yevroga teng bo‘lgani holda, Husanovning bir o‘zi undan qariyb 18 million yevroga qimmatroq.
Eslatib o‘tamiz, bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston - Eron o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport