Osiyo kubogi yarim finalidagi irodali g‘alaba
Mamlakatimizda futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi chorak final doirasidan o‘rin olgan ikkinchi bahsda hamyurtlarimiz Iroq U23 jamoasiga qarshi murakkab o‘yinda penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
Birinchi taymning dastlabki daqiqalarida 1 kishi kam bo‘lib qolgan terma jamoamiz a’zolari aytish lozimki, butun bahs davomida ajoyib o‘yin namoyish etdi.
Asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda 2:2 hisobi qayd etildi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. "O‘z uyingda devorlar ham suyaydi", deganlaridek, vakillarimiz penaltilar seriyasida zafar quchdi: O‘zbekiston 2 – 2 Iroq (pen. b.: 3:2) Endi umidli yosh futbolchilarimiz yarim finalda 15 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Koreya Respublikasi-Yaponiya “dueli”da muvaffaqiyatga erishgan jamoa bilan ro‘baro‘ keladi.
O‘zA