Osiyo chempionati sovrindori sharaflandi
Joriy yilning 30 sentyabridan 1 oktyabr sanasiga qadar Malayziyadagi “Sepang” trassasida tarixda ilk marta “FIA ASIA PACIFIC MOTORSPORT CHAMPIONSHIP 2023” motorsport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda Osiyo–Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari (23 mamlakat)dan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 171 sportchi ishtirok etib, ularning 15 nafarini O‘zbekiston terma jamoasi vakillari tashkil etdi.
Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Yasmina Egamberdiyeva shiddatli va murosasiz kechgan chempionatning slalom karting bo‘yicha bahsida faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kuchli uchlikdan joy oldi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Yosh sportchini Osiyo championatidagi muvaffaqiyati bilan qutlash maqsadida o‘zi ta’lim olayotgan maktabda marosim tashkil etildi.
Marosimda tuman hokimi o‘rinbosari Abror Sobirov ishtirok etib, Yasminani erishgan g‘alabasi bilan qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirdi, kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tiladi.
[gallery-14021]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA