Omonov Shoxrux Raximovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Koronavirus infeksiyasida tromboemboliya asoratlarini morfologik asoslari» mavzusida
Omonov Shoxrux Raximovichning 14.00.15 – Patologik anatomiya ixtisosligi bo‘yicha «Koronavirus infeksiyasida tromboemboliya asoratlarini morfologik asoslari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 Ilmiy kengashning 2024 yil 26 dekabr kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 2-uy.