Ömon Sultonligi bilan ilmiy-madaniy, arxivşunoslik yönalişida tajriba almaşilmoqda
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Ömon Sultonligiga amaliy taşrif bilan bordi.
Taşrif doirasida Ömon Sultonligi Milliy hujjatlar va arxivlar boşqarmasi raisi, doktor Hamad bin Muhammad al-Zuvayyoniy bilan uçraşuv bölib ötdi.
Ömon tomoni boşqarmaning asosiy faoliyat yönalişlari, tarixiy hujjatlarni restavratsiya qiliş, saqlaş, tizimlaştiriş va raqamlaştirişda qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda ilğor tajribalar haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, muassasaning ilmiy naşrlari va kitob töplamlari taqdim etildi. Delegatsiya aʼzolariga boşqarma faoliyati va uning muhim loyihalariga bağişlangan videomaterial ham namoyiş qilindi.
Muzokaralar davomida ilmiy va madaniy-tarixiy hamkorlikni rivojlantiriş, arxivşunoslik sohasida özaro tajriba almaşiş, hujjatli merosni asrab-avaylaş hamda qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama etildi.
Muloqotning muhim yönalişlaridan biri Özbekiston va Ömon örtasidagi tarixiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarga bağişlangan qöşma xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusi böldi.
Doktor Hamad bin Muhammad al-Zuvayyoniy ikki xalqning tarixiy muştarak jihatlari, turmuş tarzi, diniy-maʼnaviy merosi, meʼmorçilik anʼanalari hamda tarixiy numizmatika sohasidagi aloqalarini çuqur tadqiq etiş taklifini ilgari surdi.
–Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqaning boy tarixiy, ilmiy va maʼnaviy merosini örganiş hamda uni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş uçun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biz Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakat taraqqiyoti, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va keng kölamli maʼrifiy taşabbuslarni amalga oşiriş borasidagi saʼy-harakatlarini yuksak qadrlaymiz. Işonamizki, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan Ömon muassasalari örtasidagi hamkorlik yangi ilmiy tadqiqotlar olib boriş, tarixiy manbalar almaşiş va qöşma körgazma loyihalarini amalga oşirişga xizmat qiladi, – dedi doktor Hamad bin Muhammad al-Zuvayyoniy.
–Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining uç yillik dasturini işlab çiqişga kirişdik. Uşbu dasturning asosiy yönalişlaridan biri xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş, xorijiy muassasalar bilan şeriklik aloqalarini mustahkamlaş hamda qöşma taşabbuslarni hayotga tatbiq etişdan iborat. Işonçim komilki, Ömon Milliy hujjatlar va arxivlar boşqarmasining, ayniqsa, tarixiy hujjatlar va qölyozmalar bilan işlaş borasidagi tajribasi uşbu dastur doirasida muhim ahamiyat kasb etadi va mutaxassislar örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi, – dedi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.
Taşrif dasturi Ömon Milliy hujjatlar va arxivlar boşqarmasining ixtisoslaştirilgan bölinmalari faoliyati bilan tanişiş orqali davom etdi. Delegatsiya aʼzolari tarixiy hujjatlarni zararsizlantiriş, restavratsiya qiliş va saqlaşga ixtisoslaşgan bölimlarda bölib, arxiv materiallarini muhofaza etişning zamonaviy usullari, maxsus uskunalar va texnologik jarayonlar bilan tanişdilar.
Ayniqsa, tarixiy hujjatlarga zarar yetkazişi mumkin bölgan zamburuğlar, bakteriyalar va haşarotlarga qarşi işlov berişga ixtisoslaşgan bölim faoliyati katta qiziqiş uyğotdi. Mutaxassislar arxiv materiallarini biologik omillar taʼsiridan himoya qiliş böyiça qöllanilayotgan amaliy usullar va maxsus jihozlarni namoyiş etdilar.
–Uşbu sohadagi 16 yillik faoliyatim davomida arxiv merosini saqlaşda zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi naqadar muhim ekaniga amin böldim. Bizda zarur uskunalar va tajribali mutaxassislar jamoasi mavjud. Şu bois özbekistonlik mutaxassislar uçun amaliy stajirovkalar taşkil etişga va ularni iş jarayonida qöllanilayotgan usullar bilan taniştirişga tayyormiz, – dedi Ömon Sultonligi Milliy hujjatlar va arxivlar boşqarmasining yetakçi mutaxassisi Fahd bin Muborak al-Damdamiy.
A.RUSTAMOV,
ÖzA