“Ombudsman va fuqarolik jamiyati: özaro muloqot va yeçimlar” platformasi iş boşladi
Ombudsman taşabbusi bilan «Ombudsman va fuqarolik jamiyati: özaro muloqot va yeçimlar» platformasi işlab çiqildi.
Platformaning asosiy maqsadi – Ombudsman, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatçilik örtasida doimiy muloqot va maslahatlaşuv mexanizmini şakllantiriş orqali inson huquqlarini taʼminlaş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş hamda jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlaşdir.
Platforma doirasida aholi murojaatlarida aks etayotgan tizimli muammolarni aniqlaş va tahlil qilib boriş, ularning yeçimlarini işlab çiqiş, davlat organlari faoliyatining oçiqligi va hisobdorligini oşirişga qaratilgan taklif va tavsiyalar tayyorlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) tomonidan taşkil etilgan davra suhbatida şu haqda maʼlum qilindi.

Fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat taşkilotlari (NNT), jamoatçilik guruhlari vakillari, advokatlar iştirok etgan tadbirda Ombudsman instituti bilan hamkorlikda nodavlat notijorat taşkilotlari yopiq muassasalarga monitoring taşriflarini amalga oşiriş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari manfaatlarini taʼminlaş hamda hududlarda aholining huquqiy savodxonligini oşirişga hissa qöşib kelayotgani qayd etildi.
Xususan, milliy preventiv mexanizm doirasida jamoatçilik vakillari bilan birgalikda tergov hibsxonalari, vaqtinça saqlaş hibsxonalari va boşqa yopiq muassasalarda mahbus va mahkumlarning huquqlari, saqlaş şaroitlari, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlari örganilmoqda.

Fuqarolik jamiyati vakillari «Ombudsman maktabi», «Ombudsman soati», «Tenglik va hurmat» platformalari, şuningdek nogironligi bölgan şaxslar huquqlari va zöravonlikning oldini olişga qaratilgan tadbirlarda faol iştirok etmoqda.
Uçraşuvlarni muntazam ötkazib boriş, dolzarb masalalarni muhokama qiliş, ular yuzasidan qonunçilikka takliflar va masʼul davlat organlariga tavsiyalar kiritiş böyiça fikrlar bildirildi.
N.Abduraimova, ÖzA