Oltin kuz tarovati
Navoiy shahrida kuz fasli o‘zining betakror go‘zalligi va rang-barang manzaralari bilan namoyon bo‘lmoqda.
Shahar ko‘chalari va xiyobonlaridagi daraxtlar zarhal libosga burkanib, atrofga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda. Oftob nurlarida tovlanayotgan oltinrang barglar, mayin shabadada tebranayotgan shoxlar va kuzga xos sokin manzaralar tabiatning o‘ziga xos jozibasini aks ettiradi.
[gallery-32088]
Ayniqsa, shaharning obod ko‘chalari, istirohat bog‘lari va xiyobonlarida kuz tarovati yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sariq va qizg‘ish tusga kirgan daraxtlar Navoiyning bugungi qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlamoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA