Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi
Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yölida samarali mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning xizmatlarini munosib eʼtirof etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz taşabbusi bilan qaror topgan bunday ezgu tamoyil jamiyatda mehnatga hurmat, taşabbuskorlik va masʼuliyat tuyğusini yuksaltirişga xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoniga muvofiq, Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Nargiza Nematova “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak davlat mukofoti uning mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlardagi faol iştiroki, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi turmuş farovonligini oşiriş, joylardagi muammolarni hal etiş hamda xalq manfaatlari yölida olib borayotgan samarali mehnatining eʼtirofidir.
Bugun viloyat hokimligida davlat mukofotini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi. Viloyat hokimi Botir Zaripov Prezidentimiz nomidan “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenini Nargiza Nematovaga topşirdi.
Tadbirda uşbu mukofot uning köp yillik samarali mehnati, rahbarlik faoliyatidagi taşabbuskorligi, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yölidagi xizmatlariga berilgan yuksak baho ekani taʼkidlandi.
Darhaqiqat, bugungi kunda mahalliy rahbarlar faoliyatiga faqat belgilangan vazifalar ijrosi nuqtai nazaridan emas, balki ularning odamlar hayotida qanday ijobiy özgarişlarga sabab bölayotgani, aholi muammolariga qay darajada yeçim topayotgani va hudud imkoniyatlaridan qançalik samarali foydalanayotgani asosida baho berilmoqda.

Çunki hududni rivojlantiriş bu faqat yangi inşootlar quriş yoki iqtisodiy körsatkiçlarni oşirişdan iborat emas. Bu, eng avvalo, insonlar uçun munosib turmuş şaroitini yaratiş, bandlikni taʼminlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini yaxşilaş, har bir mahallada odamlarni öylantirayotgan masalalarga amaliy yeçim topiş demakdir.
Şu maʼnoda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini uluğlaş, xalq bilan muloqotni kuçaytiriş va mahalliy darajadagi boşqaruv samaradorligini oşirişga qaratilgan islohotlar rahbarlar zimmasiga yanada katta masʼuliyat yuklamoqda. Bunda eng muhim mezon aholining roziligi, amaliy natija va odamlar hayotida sezilayotgan ijobiy özgarişlardir.
Nargiza Nematovaning yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlanişi ham ana şu eʼtibor va eʼtirofning yorqin ifodasidir. Ayni paytda bu eʼtirof nafaqat mehnatga berilgan baho, balki kelgusidagi vazifalarni yanada yuqori masʼuliyat bilan bajarişga undaydigan katta işonç hamdir.
Olot tumani ahli uçun ham uşbu voqea quvonçli va ahamiyatli. Zero, hudud taraqqiyoti, aholi farovonligi va xalq manfaatlari yölidagi har bir ezgu taşabbus, har bir amaliy natija ortida inson mehnati va fidoyiligi mujassam.
Yuksak davlat mukofoti esa ana şu mehnatning munosib qadrlanişi bilan birga, yangi marralar sari intiliş, yanada samarali işlaş va xalq işonçini oqlaşga çorlovçi yuksak masʼuliyatdir.
Zarif Komilov,
ÖzA muxbiri