Olimpiada chempionlarimiz Toshkentda ringga ko‘tariladi
Joriy yilning 28 yanvar kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod“ sport majmuasida “Lift” promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli turnirda “Parij-2024” XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari Abdumalik Xalakov hamda Lazizbek Mullajonov ringga ko‘tariladi. Shuningdek, professional boks oqshomida yana bir hamyurtimiz Suhrobjon Qayumov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozirda charm qo‘lqop ustalarimizga munosib raqib tanlanmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, mazkur oqshomda Abdumalik Xalakov 6, Lazizbek Mullajonov esa 8 raundlik jangda ishtirok etadi. Ayni vaqtda A.Xalakov professional ringda bitta jang o‘tkazgan va g‘alaba qozongan bo‘lsa, L.Mullajonov professional boksda o‘tkazgan 4 ta jangining barchasida g‘olib bo‘lgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA