Oligarxlar Putin bilan uchrashgach, byudjetga 220 mlrd rubl o‘tkazdi (+video)
AQSH prezidenti Donald Tramp may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan sammitda Xitoy raisi Si Szinpindan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’sir o‘tkazib, Ukrainadagi urushni to‘xtatishda ko‘maklashishni so‘ragan. South China Morning Post ma’lumotiga ko‘ra, u muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ta’kidlab, Xitoyni Rossiya va Ukraina o‘rtasida muloqotni tiklashga chaqirgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/luD4OjTYNNc" title="Oligarxlar Putin bilan uchrashgach, byudjetga 220 mlrd rubl o`tkazdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Rossiyalik yirik tadbirkorlar prezident Vladimir Putin bilan yopiq uchrashuvdan so‘ng davlat byudjetiga 220 milliard rubl o‘tkazgan. Bu mablag‘lar urush sharoitida qo‘shimcha moliyaviy yordam sifatida so‘ralgan bo‘lib, yil oxirigacha tushumlar 300 milliard rublga yetishi mumkinligi aytilmoqda.
Fransiya Isroilning Parijda o‘tkaziladigan Eurosatory mudofaa ko‘rgazmasida to‘liq ishtirokini chekladi. Isroilga milliy pavilon tashkil etish va hukumat vakillarini yuborish taqiqlangan, faqat ayrim tizimlarni namoyish etishga ruxsat berilgan.
CEPI Moderna va boshqa guruhlarga Ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish uchun 60 million dollar ajratdi. Kongo DR va Ugandada kasallik holatlari qayd etilgan, Gavi va Jahon banki ham qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratgan, Xitoy esa tibbiy guruh yuborishini e’lon qilgan.
Yevropa Ittifoqi migratsiya siyosati bo‘yicha yangi reglamentni kelishib oldi. Unga ko‘ra, boshpana rad etilgan migrantlar uchinchi davlatlardagi markazlarga yuborilishi, qayta kirish taqiqlari va deportatsiya choralarini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Avstriya poytaxti Venada Suriyaning sobiq rejimi davrida xizmat qilgan ikki yuqori lavozimli xavfsizlik amaldori ustidan sud jarayoni boshlandi. Ular qiynoq va zo‘ravonliklarda ayblanmoqda, sudda 18 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma beradi.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA