Oksana Chusovitina muvaffaqiyati
O‘zbekistonlik sport gimnastikasi ustasi Oksana Chusovitina Meksika poytaxti Mexiko shahrida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sport gimnastikasi ustasi Oksana Chusovitina Meksika poytaxti Mexiko shahrida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi.Meksika, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Ruminiya, Ukraina, O‘zbekiston va Yaponiya singari davlatlardan kuchli sportchilar ishtirok etgan turnirda Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,250 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ukrainalik Angelina Kislaya kumush, meksikalik Miriana Almeida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz ko‘pkurash bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 52,225 ball natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
O.Chusovitina faoliyati davomida yettita Olimpiadada qatnashgan gimnastika tarixidagi yagona sportchidir.