Oilaga yangi xonadon topshirildi
Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan manzilli yordamlar, xayrli tashabbus va saxovatli ishlar xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadam sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu xayrli tashabbus o‘rganishlar davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan Qurbongul opa Tureniyazova oilasi istiqomat qilib kelayotgan uy yomg‘irli va sovuq kunlarda yashash sharoiti og‘irlashib, farzandlar xavfli muhitda hayot kechirayotgani befarq qoldirilmadi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Nukus shahridagi “Ishbilarmonlar hududi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Qurbongul opa oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Ezgu tashabbus asosida eski va nosoz uy o‘rniga zamonaviy, shinam va keng to‘rt xonali yangi xonadon qurish ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda qurilish jarayoni yakunlanib, yangi xonadon uy egasiga topshirildi. Albatta, bunday ezgu amallar jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi. Eng muhimi, bu kabi xayrli ishlar orqali inson qadri ulug‘lanib, xalq manfaatlari yo‘lida amaliy ishlar davom etayotgani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.