Oilada zo‘ravonlikning oldini olish borasida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Zo‘ravonliksiz oila — farovon jamiyat poydevori” hamda “Odam savdosi — davr muammosi” mavzularida ma’rifiy-profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Oila — jamiyatning kichik bir bo‘g‘ini, uning ertangi kunini belgilab beruvchi muqaddas maskandir. Mamlakatning qudrati, xalqning ma’naviy yuksakligi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi eng avvalo shu kichik maskandagi muhitga bog‘liq. Bugungi shiddatli davrda global muammolar qatorida oilaviy munosabatlar tizimi, xususan, xonadonlardagi tinchlik va totuvlik masalasi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari hamda "Himoya orderi"ning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Oilalarda o‘zaro hurmat, tushunish va mehr-oqibat muhitini yaratish, bu jarayonda oila a’zolarining, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularni tazyiqlardan asrash yuzasidan talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi va ularga to‘g‘ri yo‘nalishlar berildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy javoblar olishdi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA