Eron bilan xalqaro tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi
Ma’lumki, Eron hunarmandchiligi boy milliy an’analarga, asriy amaliy san’at maktablariga ega bo‘lib, bu sohadagi sheriklik madaniy merosni saqlash va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda hunarmandchilik sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va tajriba almashish aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Xususan, poytaxtimizda “Hunarmand “uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, Eron Islom Respublikasining Golestan Province rahbari Majid Zamani va uning turmush o‘rtog‘i Xoda Husseyini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda yoshlarni Eronda stajirovka o‘tash, hunarmandchilik sohasida tajriba almashish, amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida yosh hunarmandlar uchun xalqaro tajriba almashish dasturlarini tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
G.Boboyeva,O‘zA