OFK prezidenti o’z o’rnida qoldi
O’FА shayx Salmon bin Ibrohim Аl-Xalifa nomzodini qo’llab-quvvatladi
O’FА shayx Salmon bin Ibrohim Аl-Xalifa nomzodini qo’llab-quvvatladi
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining navbatdagi XXIX Kongressi bo’lib o’tmoqda.
Kongressda kun tartibidagi asosiy masala 2019-2023 yillar uchun tashkilotning yangi rahbarini saylash jarayoni o’tkazildi. Unga ko’ra OFKning amaldagi prezdienti shayx Salmon bin Ibrohim Аl-Xalifa yana 4 yil muddatga tashkilot prezidenti sifatida qayta saylandi. Shuningdek, u bir vaqtning o’zida FIFА vitse-prezidenti sifatida ham faoliyatini davom ettiradi.
Ta'kidlash kerak, shayx Salmon bin Ibrohim Аl-Xalifa 2013 yilning may oyida OFK prezidenti etib saylangan edi. Tashkilotning amaldagi rahbari bo’lajak saylovda ham o’z nomzodini qo’yishi haqida o’tgan yili sentyabrь oyida Toshkentda bo’lib o’tgan OFK ijroqo’mi yig’ilishda ma'lum qilgandi.
Bundan tashqari, Kongress davomida FIFА konsuli sifatida faoliyat olib boradigan OFK vakillari ham tasdiqlandi. Unga ko’ra Xe Du Jaochai (Xitoy), Praful Patel (Hindiston), Kozo Tashima (Yaponiya), Mariano Аranetta (Filippin), Saud Аzim Аl-Muhannadi (Qatar) FIFА konsuli etib tayinlandi.
OFK vitse-prezidenti sifatida esa Saud Аzim Аl-Muhannadi (Qatar), Mehdi Toj (Eron), Maxdum Faysal Solih (Pokiston), Zau Zau (Mьyanma) va Ganbatar Аmgalanbatar (Mo’g’uliston) tasdiqlandi.
OFKning XXIX Kongressida O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Аhmadjonov ham qatnashmoqda. Bugun U.Аhmadjonov kongress doirasida FIFА rahbari Janni Infantino bilan uchrashib, u bilan o’zbek futbolining kelajagi xususida suhbat olib bordi.