OFK Ijroiya qömitasida Osiyo futboli istiqboli muhokama qilindi
Tailand poytaxti Bangkok şahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, OFK Ijroiya qömitasi aʼzosi Ravşan Ermatov ham qatnaşdi.
OFK prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa raisligida ötgan majlisda qitʼa futboli rivoji, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada taşkil etiş va milliy futbol assotsiatsiyalari örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Yiğilişdagi muhim qarorlardan biri 2027-yilgi Osiyo kubogi taqdiriga taalluqli böldi. Ijroiya qömitasi Musobaqani taşkil etiş qömitasi tomonidan qabul qilingan sanalar özgarişini maʼqulladi. Şunga köra, Saudiya Arabistonida ötkaziladigan qitʼa birinçiligi 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvarga qadar davom etadi.
Uşbu özgariş musobaqada iştirok etuvçi jamoalar, futbolçilar, muxlislar va hamkorlar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida amalga oşirilgani taʼkidlandi.
Şuningdek, Bangkok şahrida taşkil etiladigan «AFC Awards Bangkok-2026» taqdirlaş marosimiga tayyorgarlik hamda sohil futboli böyiça Osiyo kubogi bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Majlis yakunida OFK doimiy qömitalarining faoliyati yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar körib çiqilib, tasdiqlandi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA