Moskvada yoş oğir atletikaçimiz ğalaba qozondi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva şahrida oğir atletika böyiça davom etayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) oçiq kubogi kompleks musobaqasida Özbekiston madhiyasi yangradi.
ŞHTga aʼzo mamlakatlarning mahoratli oğir atletikaçilari iştirokida ötayotgan xalqaro turnirning ilk kungi bahslarida supaga kötarilgan hamyurtimiz Ruşaniya Kamzina -49 kg. vazn toifasida Özbekiston terma jamoasiga ilk oltin medalni taqdim etdi.
Toşkentda tavallud topgan isteʼdodli yoş oğir atletikaçimiz -49 kilogramm vazn toifasining dast kötariş bahslarida 67, 71 va 73 kg. oğirlikdagi toşlarni muvaffaqiyatli kötardi.

Ruşaniya Kamzina siltab kötariş bahsida 91 kilogramm oğirlikdagi toşni böysundirib, ikkikuraş yakuniga köra 164 kg. oğirlikni zabt etişi natijasida Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) oçiq kubogining oltin medalini qölga kiritdi.
Mazkur vazn toifasida kumuş va bronza medallari Rossiya va Belarus sportçilariga nasib etdi.
Taqdirlaş marosimida Ruşaniya Kamzinaning ğalabasi şarafiga Özbekiston madhiyasi yangrab, bayroğimiz Moskva sport maydonida yuksaldi.
Eslatib ötamiz, 6 nafar oğir atletikaçimiz qatnaşayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) oçiq kubogining oğir atletika musobaqalari 21-noyabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA