ÖFA rahbariyati Jahon çempionati oldidan Özbekiston U-17 terma jamoasi bilan uçraşdi
Muloqot davomida terma jamoaning bir qator yetakçi futbolçilari ham öz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Qatarda bölib ötadigan U-17 Jahon çempionati oldidan milliy terma jamoamiz futbolçilari va murabbiylar ştabi bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida yoş futbolçilarning nufuzli musobaqaga tayyorgarligi, jamoadagi muhit hamda taşkiliy masalalar muhokama qilindi.
ÖFA rahbariyati xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erişiş uçun futbolçilarning özaro hamjihatligi, intizomi va bir-biriga bölgan işonçi muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Şuningdek, Özbekiston yoşlar terma jamoalarining avvalgi jahon çempionatlarida qayd etgan natijalari e’tirof etilib, futbolçilarga navbatdagi mundialda ham munosib iştirok etiş tilaklari bildirildi.
Uçraşuvda murabbiylar va tibbiy ştab vakillari bilan jamoaning jismoniy holati hamda tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almaşildi. Mas’ullarga futbolçilar uçun zarur şaroitlarni yuqori saviyada ta’minlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Muloqot davomida terma jamoaning bir qator yetakçi futbolçilari ham öz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Özbekiston U-17 terma jamoasi Jahon çempionatining “E” guruhida Kot-d’Ivuar, Yamayka va Italiyaga qarşi bahs olib boradi.
Sergey Çigodayev boşçiligidagi jamoamiz dastlabki uçraşuvini 20-noyabr kuni Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarşi ötkazadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlanadi.