Daniil Krugovoy — «Toşkentda stadion töla böladi deb öylagandim»
Özbekistonga qarşi öynaş biz uçun qiziqarli böldi.
Rossiya terma jamoasi himoyaçisi Daniil Krugovoy «Paxtakor» stadionida köproq tomoshabin kutganini aytdi. Uning sözlariga köra, Abbosbek Fayzullayev stadiondagi ta’mirlaş işlari sabab ayrim tribunalar muxlislar uçun oçilmaganini tuşuntirgan.
— Stadiondagi muhit sizda qanday taassurot qoldirdi?
—Qança muxlis kelganini bilmayman, lekin stadion töla böladi deb öylagandim. Abbos stadionda rekonstruksiya işlari olib borilayotgani sabab barcha tribunalarni muxlislar uçun oçişning imkoni bölmaganini aytdi.
— Ötkazib yuborgan gollaringiz haqida nima deya olasiz?
— Gollar biroz kulgili çiqdi. Ikkinçisi aniq şunday edi. Birinçisida ham, menimça, töpni özimiz darvozamizga kiritdik.
— Jamoa öyinga beparvo yondaşdimi?
— Yöq. Şunçaki birinçi bölimda ayrim vaziyatlarda notöğri harakat qildik. Keyin Valeriy Karpin kerakli tuzatişlarni kiritdi va ikkinçi bölimni ança yaxşiroq ötkazdik.
— Gollarga boy öyin kutganmidingiz?
— Rostini aytsam, bilmayman. Gol ötkazib yuborganimizdan keyin ğalaba uçun öynaşimiz kerak edi. Hisobni tenglaştiriş va ğalabani qölga kiritiş uçun imkon qadar köproq gol urişga harakat qildik.
— Özbekiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
— Özbekiston saviyali jamoa. Ular jahon çempionatida iştirok etgan. Şu bois bunday raqibga qarşi öynaş biz uçun qiziqarli böldi.