Odil sudlov akademiyasi xalqaro reytingdan o‘rin egalladi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xalqaro miqyosdagi muhim natijani qayd etdi.
Akademiya “UI GreenMetric World University Rankings - 2026” xalqaro reytingida 110 davlatning 2 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasasi orasida 901-o‘rinni egallab, TOP-1000 talikdan joy oldi.
Mazkur natija Akademiyaning barqaror rivojlanish, zamonaviy ta’lim muhiti va ekologik mas’uliyat yo‘nalishlaridagi faoliyati xalqaro reyting mezonlari asosida baholanganini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, Akademiyaning ushbu nufuzli xalqaro reytingda qayd etilishi uning xalqaro ta’lim makonidagi o‘rni va tanilishi kengayib borayotganini ifodalovchi muhim natijalardan biridir.
N.Abduraimova,
O‘zA