"Odil sudlov – 2030": islohotlar markazida inson qadri
Adolat jamiyat taraqqiyotining muhim tayançi, fuqarolarning davlatga bölgan işonçi esa huquqiy demokratik davlatning asosiy mezonlaridan biridir. Şu maʼnoda, Prezidentimizning 2026-yil 14-avgustdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "Odil sudlov – 2030" strategiyasi mamlakatimizda sud-huquq tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiladigan xalqçil hamda adolatli sud tizimini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur hujjat bilan strategiyaning özi va uni 2026–2028-yillarda amalga oşiriş böyiça harakatlar dasturi tasdiqlangan. Bu esa belgilangan maqsadlarga erişiş aniq vazifalar, muddatlar va amaliy mexanizmlar asosida taʼminlanişini anglatadi.
Islohotlarning muhim maqsadlaridan biri sud idoralarini aholiga yaqinlaştiriş, fuqarolar uçun qulay, oçiq va tuşunarli sud xizmatlarini yölga qöyişdan iborat. Strategiyaga muvofiq, sud binolarida “yagona darça” tamoyili asosida xizmat körsatiş ofislarini taşkil etiş nazarda tutilgan. Bu orqali fuqarolarning ortiqça vaqt va mablağ sarflaşining oldi olinib, zarur xizmatlarni bir joyning özida oliş imkoniyati yaratiladi.
2027–2030-yillarda aholi soni, işlar hajmi, sudyalarning iş yuklamasi va hududiy xususiyatlardan kelib çiqib, barça hududlarda fuqarolik işlari böyiça tuman va şahar sudlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, sud amaliyotining bir xilligini taʼminlaş maqsadida “Pretsedentlar” reyestri joriy etiladi, sudlar faoliyatining oçiqligi yanada oşiriladi. Bu fuqarolar va advokatlarga öxşaş huquqiy holatlar böyiça sud amaliyotini oldindan örganiş, huquqiy pozitsiyasini aniq belgilaş imkonini beradi. Eng muhimi, sud qarorlarining izçilligi va sud tizimiga bölgan işonç mustahkamlanadi.

Strategiyada nazarda tutilgan muhim institutsional yangiliklardan biri hududlararo sudlarni taşkil etişdir. Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan umumiy yurisdiksiya va maʼmuriy sud yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega, yurisdiksiya hududi bir neçta maʼmuriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar taşkil etiladi. Ularning faoliyatini taʼminlaş uçun jami 319 ta boşqaruv xodimi ştat birligi ajratiladi. Mazkur yangilikning ahamiyati şundaki, bir neçta hududni qamrab olgan qayta körib çiqiş instansiyasi sud işlarini xolis va mustaqil körib çiqiş uçun qöşimça institutsional imkoniyat yaratadi. Şu bilan birga, turli hududlarda sud amaliyotining bir xilligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Natijada sudyalar mustaqilligini mustahkamlaş, mahalliy taʼsir omillarini kamaytiriş va fuqarolarning öz işi adolatli körib çiqilişiga bölgan işonçini oşiriş uçun zamin yaratiladi.
Bugungi davrda sud tizimi samaradorligini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Şu bois strategiyada sud iş yurituvini raqamlaştiriş, qoğozbozlikni qisqartiriş, elektron hujjat aylanişini kengaytiriş, sud majlislarini audioyozuvga oliş hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan masʼuliyat bilan foydalanişga alohida örin berilgan.
Jumladan, my.sud.uz portali takomillaştirilib, uning yangilangan mobil ilovasi işga tuşiriladi. Bu fuqarolarga sud bilan boğliq xizmatlardan masofadan turib foydalaniş, murojaatlarini elektron şaklda yuboriş va zarur maʼlumotlarni oliş imkonini yanada kengaytiradi. Ayni damda raqamlaştirişning asosiy maqsadi inson omilini çetga suriş emas, balki fuqarolar uçun qulay va işonçli sud xizmatlarini yaratişdan iborat.
Albatta, har qanday islohotning samarasi, avvalo, uni amalga oşiradigan kadrlarning salohiyati va masʼuliyatiga boğliq. Şu nuqtai nazardan, “Adolat posbonlari” yönalişida kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimi — “Pipeline model”ni joriy etiş közda tutilgani eʼtiborga molik. Bu sudyalar va sud xodimlarining kasbiy mahorati, huquqiy bilimi hamda yuksak axloqiy fazilatlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Strategiyadagi asosiy vazifalarning salmoqli qismi 2027–2028-yillarga möljallangan. Şu bois ularni amalga oşirişga öz vaqtida tayyorgarlik köriş, belgilangan çora-tadbirlarni sifatli bajariş va natijadorlikni muntazam baholab boriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, “Odil sudlov – 2030” strategiyasi sud-huquq tizimini zamon talablari asosida takomillaştiriş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş hamda sud hokimiyatining jamiyatdagi nufuzini yuksaltirişga qaratilgan keng qamrovli dasturdir. Uning izçil amalga oşirilişi sudni fuqaroga yanada yaqinlaştiriş, sudyalar mustaqilligini mustahkamlaş, raqamli imkoniyatlardan samarali foydalaniş va qonun ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Doston Nurullayev,
Toşkent viloyati maʼmuriy sudi
sudyasi katta yordamçisi,
ÖzA