Aminmanki, sizlar bilan birgalikda yanada yuksak natijalarga, albatta, erişamiz – Prezident
Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida iştirok etdi.
– Biz bundan buyon ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlar uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan islohotlarni izçil davom ettiramiz, – dedi Prezidentimiz.
Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya hajmi va belgilangan şartlarga qarab, 3 yildan 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda. Yirik investorlarga tayyor işlab çiqariş binolari, yer maydonlari va zarur muhandislik infratuzilmasi taqdim etilmoqda.
Buning yorqin misoli – Toşkent viloyatida taşkil etilgan 100 gektarlik “Ostim” sanoat zonasidir. Hozirda mazkur zonani kengaytiriş böyiça faol işlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz uşbu ijobiy tajribani boşqa hududlarda ham kengaytirişga tayyorligini bildirdi.
– Aminmanki, sizlar bilan birgalikda yanada yuksak natijalarga, albatta, erişamiz. Bu borada barçangizga ulkan yutuq va omadlar tilayman, – dedi Prezidentimiz sözining yakunida.
Turkiya kompaniyalari rahbarlari Prezidentimiz bilan muloqotda ularning faoliyatiga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oşirayotgan loyihalari va kelgusidagi rejalari haqida sözlab berdilar, öz fikr-mulohazalari hamda takliflarini bayon qildilar.
ÖzA