O‘zbekiston – Yangi Zelandiya 2:1
Yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida yangi zelandiyalik yoshlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida o‘tkazilgan navbatdagi o‘yin ham murosasiz kechdi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasiga kelib raqib futbolchisi Aleks Rufer hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada Mirjamol Qosimov terma jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa yoshlarimiz Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.