Nurotadagi obod va fayzli maskan
FOTOREPORTAJ
“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini Nurota tumanidagi Soykechar qishlog‘ida joylashgan. 2005-yilda tashkil etilgan mahalladagi 560 ta xonadonda 3 ming 180 nafar aholi istiqomat qiladi.
Soykechar va Qoraqum qishloqlarini birlashtirgan mahallada umumta’lim maktabi, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar futbol va o‘yin maydonchalari mavjud. Hududda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, novvoyxona, mebel ishlab chiqarish sexi, fermer va bog‘dorchilik xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Keyingi yillarda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida hudud qiyofasi tubdan o‘zgardi. Jumladan, 14-umumta’lim maktabi qayta ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi.
[gallery-31042]
Mahalladan yetishib chiqqan yoshlar orasida xorijda ta’lim olib, ilm-fan va boshqa sohalarda samarali mehnat qilayotganlar ham bor. Jumladan, Azimjon Xoldorov Angliyada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va ayni paytda shu davlatda dars bermoqda.
Mahalladagi “Qarshi Sarbon” non mahsulotlari ishlab chiqarish kichik korxonasida tayyorlanayotgan mahsulotlar ham aholi dasturxonidan munosib o‘rin olmoqda.
Bugun “Istiqlol” mahallasida obodlik va farovonlik muhiti hukm surib, aholi ahillik va hamjihatlikda mehnat qilmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA