Nukusda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Nukus shahrida “Nukus Night Run 2026” nomli 5 kilometr masofaga ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutiboyev va bir qator mas’ullar ishtirok etib, bunday sport tadbirlarining yurtimizda ko‘plab o‘tkazilishi yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi deb g‘oliblarni tabrikladi.

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yugurish sportini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan marafonda sportchilar bir qatorda havaskor xalq vakillari ham ishtirok etdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi jismoniy tayyorgarlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri