Nukus DPI voleybol jamoasi g‘olib
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston superkubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 2022 yilgi mavsum chempioni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston kubogi g‘olibi Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. Ikki o‘yinda ham Nukus davlat pedagogika institutining voleybolchi qizlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:0.

Institut jamoasi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston superkubogi g‘olibi hamda mutlaq chempioni bo‘ldi. Musobaqa yakunida jamoa a’zolaridan N.Reyimbayeva “Eng kuchli o‘yinchi”, A.Joldasbayeva “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘olib, deya e’tirof etildi.
Musobaqaga jamoani sport ustasi Azat Kazakov hamda oliy toifali murabbiy Atabek Kazakov tayyorladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA