Bitiruvçilarning maktabdan keyingi taʼlim va kasbiy faoliyatga oid rejalari örganildi
Har bir yoşning öz orzusi, intilişi va kelajakka oid rejalari bor. Kimdir oliy taʼlim muassasasida tahsil olişni, yana kimdir texnikumda kasb-hunar egallaşni, boşqasi esa tadbirkorlik orqali öz işini boşlaşni maqsad qiladi. Eng muhimi, yoşlarning qaysi yölni tanlaşidan qatʼi nazar, ularning qobiliyati va qiziqişini töğri yönaltiriş, orzu-intilişlarini qöllab-quvvatlaş hamda mustaqil hayotga işonç bilan qadam qöyişi uçun zarur şaroit yaratişdir.
Prezidentimiz tomonidan yoşlarning taʼlim olişi, kasb egallaşi, bandligini taʼminlaş va hayotda öz örnini topişiga qaratilayotgan eʼtibor ham ana şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu borada taʼlim muassasalari zimmasiga nafaqat bilim beriş, balki har bir öquvçining kelajakdagi hayot yölini belgilaşda kömaklaşişdek muhim vazifa ham yuklanmoqda.
Buxoro viloyati Taʼlim va ilm-fan boşqarmasi boşliği Hamza Elliyev raisligida Buxoro şahridagi umumtaʼlim maktablari direktorlari, direktor örinbosarlari, maktab maslahatçilari hamda psixologlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda ayni şu masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Unda 11-sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan sörovnomalar natijalari tahlil qilinib, bitiruvçilarning maktabdan keyingi taʼlim va kasbiy faoliyatga oid rejalari örganildi. Xususan, oliy taʼlim muassasalarida öqişni davom ettiriş, texnikumlarda kasb-hunar örganiş yoki tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagini bildirgan yoşlar bilan manzilli işlaş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur yondaşuvning ahamiyati şundaki, bitiruvçilarning barçasiga bir xil talab va tavsiyalar bilan murojaat qiliş emas, balki har bir yoşning şaxsiy qiziqişi, qobiliyati va imkoniyatlaridan kelib çiqib, unga mos yönalişni belgilaş közda tutilmoqda. Zero, kimdir oliy maʼlumot oliş orqali öz salohiyatini namoyon etsa, boşqasi zamonaviy kasbni egallaş yoki tadbirkorlik faoliyatini boşlaş orqali jamiyatda munosib örin topişi mumkin.

Şu maqsadda har bir yönalişdagi bitiruvçilar bilan işlaş uçun maktab direktorlari, ularning örinbosarlari, maktab maslahatçilari va psixologlar masʼul etib biriktirildi. Öquvçilarning qiziqişlarini çuqur örganiş, kasbiy yönalişini töğri tanlaşiga kömaklaşiş, taʼlimni davom ettiriş yoki mehnat faoliyatini boşlaş bilan boğliq rejalarini amalga oşiriş yuzasidan amaliy yordam körsatiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.
Ayniqsa, psixologlar va maktab maslahatçilarining bu jarayondagi iştiroki muhim. Çunki bitiruv davri yoşlar hayotidagi eng masʼuliyatli bosqiçlardan biri bölib, bu paytda töğri berilgan maslahat, öz vaqtida körsatilgan kömak va ota-ona hamda ustozlarning qöllab-quvvatlaşi kelgusi hayot yölini belgilaşda katta ahamiyat kasb etadi.

Eʼtiborlisi, belgilangan vazifalarning asosiy mezoni — birorta ham bitiruvçini eʼtibordan çetda qoldirmaslik. Bu esa har bir yoşning rejasi, imkoniyati va intilişini alohida örganiş, uning kelajagiga befarq bölmaslikni taqozo etadi.
Zero, taʼlimning haqiqiy samarasi nafaqat öquvçining olgan bilimi, balki uning hayotda öz örnini topişi, munosib kasb egasi bölişi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşa olişi bilan ham belgilanadi. Bugun bitiruvçilar bilan yölga qöyilayotgan manzilli işlaş tizimi ham yoşlarning orzu-maqsadlarini amaliy natijaga aylantiriş, ularni mustaqil hayotga puxta tayyorlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri