Norvegiya Kot-d'Ivuarni magʻlub etib, JCh-2026 ning keyingi bosqichiga yoʻllanma oldi
AQSHning Arlington shahridagi (Texas shtati) “Ey-Ti-end-Ti” oʻyingohida kechgan qiziqarli bahsda norvegiyalik futbolchilar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.
2026-yilgi Jahon chempionatining pley-off bosqichi doirasida Kot-d'Ivuar hamda Norvegiya terma jamoalari oʻrtasidagi 1/16 final uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. AQSHning Arlington shahridagi (Texas shtati) “Ey-Ti-end-Ti” oʻyingohida kechgan qiziqarli bahsda norvegiyalik futbolchilar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyinni venesuelalik hakam Xesus Valensuela boshqarib bordi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida Antonio Nusa raqib darvozasini ishgʻol etib, Norvegiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Amad Diallo muvozanatni tikladi. Biroq oʻyin yakunlanishi arafasida, aniqrogʻi 86-daqiqada Norvegiya termasi yetakchisi Erling Xoland oʻz soʻzini aytdi va jamoasiga gʻalaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng Norvegiya terma jamoasi 1/8 final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi va u yerda Braziliya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, amaldagi jahon chempioni hisoblangan Argentina terma jamoasi 2022-yili Qatarda oʻtgan mundial finalida Fransiya bilan kuch sinashgan va unda asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida (4:2) argentinaliklarning qoʻli baland kelgan edi.