Eldor Shomurodov: "Hamma narsa biz kutganimizdek kechmadi va natija yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi"
Bugun esa bu orzuim ushaldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va hujumchisi Eldor Shomurodov Jahon chempionatidagi ishtiroki yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi.
Futbolchi o‘zining Instagram sahifasida mundialdan suratlar bilan bo‘lishib, tarixiy debyut haqidagi hissiyotlarini yozdi.
"Bolaligimdan Jahon chempionati maydoniga chiqishni orzu qilardim. Bugun esa bu orzuim ushaldi. Bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash juda qiyin. Hamma narsa biz kutganimizdek kechmadi va natija yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. Lekin bu yo‘l meni yanada kuchli qildi, bebaho tajriba berdi va oldinga intilish uchun yanada katta motivatsiya bag‘ishladi. Shu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan va meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Oldinga harakat qilishda davom etamiz", — deb yozdi Shomurodov.