Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:
a) talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining konsepsiyasini Vazirlikka taqdim etish. Konsepsiyada ta’lim tashkilotining nomi, boshqaruv tizimi va kadrlari, asosiy ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari, qabul parametrlari, ta’lim sifatini ta’minlash tizimi va vositalari, to‘lov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi, ta’lim tashkilotini rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik strategik rejasi hamda ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar ko‘rsatiladi;
b) talabgor tomonidan nodavlat oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondini (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish hamda keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ushbu ustav fondini oshirib borish;
v) talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish va uning miqdorini doimiy ta’minlab borish;
g) tashkil etilayotgan oliy ta’lim tashkilotining ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 kv metrdan kam bo‘lmasligini ta’minlash;
d) oliy ta’lim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirish.
2025 yil 1 avgustdan boshlab:
a) nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘qishga qabul qilingan shaxslar to‘g‘risidagi buyruqni yangi o‘quv yilining 1 oktyabridan kechiktirmagan holda Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (NEM18)da ro‘yxatdan o‘tkazadi;
b) Vazirlik nodavlat oliy ta’lim tashkilotining murojaatiga asosan uning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati, o‘quv-dasturiy ta’minotini hisobga olgan holda, qabul boshlanishidan oldin yangi o‘quv yili uchun qabul parametrining eng yuqori ko‘rsatkichini belgilaydi hamda Agentlikni xabardor qiladi. Bunda yangi o‘quv yili uchun qabul parametrita o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi;
v) nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining o‘qishini ko‘chirib o‘tkazish (mahalliy va xorijiy), qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish hamda bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish davlat oliy ta’lim maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarida o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud bo‘lishi talab etiladi. Bunda nodavlat kasbiy va oliy ta’lim tashkiloti o‘z axborot tizimini Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)ra integratsiya qilishi shart;
d) nodavlat oliy ta’lim tashkiloti rektoriga davlat oliy ta’lim tashkiloti rektoriga qo‘yilgan malaka talablari qo‘llaniladi.
Qaror uch oydan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya olgan tadbirkorlik sub’ektlari 2026 yil 1 yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim bo‘ladi.
O‘zA