Neymar maydonga qaytishga yaqinlashmoqda
34 yoshli hujumchi "pentakampeonlar"ning so‘nggi ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar so‘nggi tibbiy ko‘rikda ijobiy dinamika qayd etdi va mundial uchun tayyor holatga kelmoqda.
"Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, davolanish muvaffaqiyatli va kutilgan natijalarga muvofiq tarzda davom etmoqda. Neymar Braziliya terma jamoasi tibbiy xodimlari tomonidan rejalashtirilgan tiklanish va jismoniy tayyorgarlik mashqlarini a’lo darajada o‘tamoqda", - Braziliya futbol federatsiyasi bergan xabarda.
34 yoshli hujumchi "pentakampeonlar"ning so‘nggi ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, mavsum boshida ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan edi.