Roberto Martines: Ronalduning terma jamoadan ketishini o‘ylamaymiz
Barcha fikrlarimiz mundial haqida.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa sardori Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Krishtianu Ronaldu bizning sardorimiz va yetakchimiz. U butun jamoa uchun namuna. Ronaldu o‘zini butunlay ishga va mashg‘ulotlarga bag‘ishlaydi va terma jamoaga imkon qadar yordam berishni istaydi. U kundan kunga yanada yaxshilanishga intiladi. Krishning terma jamoadan ketishiga keladigan bo‘lsak, biz bu haqida o‘ylamaymiz. Barcha fikrlarimiz mundial haqida", - dedi Martines.
Portugaliya terma jamoasi mundialda O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR bilan bir guruhdan joy olgan.