Neymar jahon chempionati oldidan jarohat oldi va mundialda qatnashishi so‘roq ostida qolmoqda
Neymarning tiklanish jarayonlari Braziliya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Braziliya terma jamoasi va "Santos" klubi hujumchisi Neymar yana jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, Neymar o‘ng oyoq boldir qismidan og‘riq his qilmoqda. Bu haqida Ge Globe nashri ma’lum qilgan. Manbaga ko‘ra, futbolchining jarohati u darajada jiddiy bo‘lmasa-da, davolanish kursini o‘tashiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, katta yuklamalardan biroz cheklanishga majbur bo‘lishi mumkin. Hozirda 34 yoshli futbolchi "Santos" mashg‘ulotlar bazasida tibbiy nazorat ostida tiklanmoqda. Shu bilan birga, Neymarning tiklanish jarayonlari Braziliya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Futbolchi 27-may kuni to‘liq tuzalib, safga qaytishi kutilmoqda.