Nemis naşri Özbekistonning suv va tabiatni muhofaza qiliş borasidagi tajribasini yoritdi
Iqlim özgarişi, suv tanqisligi va yerlarning degradatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida turgan dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Bu tahdidlarga qarşi kuraşişda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega.
Yaqinda Germaniyaning "NewsMark" naşrida eʼlon qilingan tahliliy maqolada Özbekistonning mazkur yönalişlardagi siyosati, amalga oşirilayotgan islohotlar va xalqaro şeriklar bilan hamkorlik tajribasi keng yoritildi. Markaziy Osiyo böyiça ekspert Kristian Grosse muallifligidagi material BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) munosabati bilan tayyorlangan bölib, unda suv xavfsizligi va ekologik barqarorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Muallif Özbekiston uçun suv resurslarini boşqariş strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etadi. Mamlakatda isteʼmol qilinadigan suvning qariyb 90 foizi qişloq xöjaligiga sarflanadi. Agrar sohaga yiliga yönaltiriladigan 39 milliard kub metrga yaqin suvning 36 foizi esa eskirgan irrigatsiya tarmoqlaridagi yöqotişlar tufayli isteʼmolçilarga yetib bormaydi.
Şu bois suğoriş tizimlarini yangilaş va suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş mamlakat ekologik siyosatida muhim örin egallamoqda. Tomçilatib va yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini kengaytiriş, kanallarni betonlaştiriş, şuningdek, suvni kam talab qiladigan ekin turlarini köpaytiriş uşbu yönalişdagi asosiy çoralar sirasiga kiradi.
Maqolada Özbekistonning 2030-yilgaça tört million gektardan ortiq yer maydonini suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab oliş rejasi ham keltirilgan. Qayd etilişiça, 2026-yilda bunday texnologiyalar joriy etilgan maydon 2,8 million gektarga yetgan. Bu esa mamlakatdagi jami suğoriladigan yerlarning qariyb 65 foizini taşkil etadi.
Suv resurslarini tejaş bilan bir qatorda, ularga boğliq tabiiy hududlarni saqlaş ham dolzarb vazifalardan biridir. Naşrda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafşon böylaridagi töqayzorlarning ekologik ahamiyati alohida taʼkidlangan. Uşbu hududlar ösimlik va hayvonot dunyosining xilma-xilligini saqlaş, daryo qirğoqlarini yemirilişdan himoya qiliş hamda Buxoro buğusi kabi noyob hayvonlarning yaşaş muhitini taʼminlaşda muhim örin tutadi.
Biroq tabiiy suv rejimining özgarişi, iqlim özgarişi va yerlardan intensiv foydalaniş töqayzorlar maydonining qisqarişiga olib kelmoqda. Maqolada keltirilgan tadqiqotga köra, Farğona vodiysida Sirdaryo böyidagi uçta töqay hududida daraxtzorlar maydoni 1975-2025-yillarda 754 gektardan 377 gektargaça kamaygan. Bu holat tabiiy ekotizimlarni tiklaşda daryo oqimining mavsumiy xususiyatlarini ham hisobga oliş zarurligini körsatadi.
Özbekistonning ekologik xavfsizligi faqat içki islohotlar bilan çeklanmaydi. Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi respublika hududidan taşqarida şakllanişi mintaqaviy hamkorlikning naqadar muhimligini körsatadi. Şu nuqtai nazardan, suv va energetika resurslaridan özaro manfaatli foydalaniş böyiça qöşni davlatlar bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Naşr Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston iştirokida amalga oşirilayotgan “Qambarota-1” GES loyihasini bunday hamkorlikning muhim namunasi sifatida keltiradi. Loyiha mintaqada energetika taʼminotini yaxşilaş, suv resurslarini boşqarişni muvofiqlaştiriş va davlatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilyapti.
Materialda Özbekiston va Germaniya örtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikka ham keng örin berilgan. Xususan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Germaniya aerokosmik markazi (DLR) iştirokidagi "Eco-Aral" loyihasi doirasida Orolböyidagi ekologik jarayonlar sunʼiy yöldoş maʼlumotlari orqali kuzatib borilyapti. Suv havzalari, ösimlik qoplami va yerlarning holati haqidagi maʼlumotlar hududdagi ekologik özgarişlarni baholaş hamda tegişli qarorlar qabul qiliş uçun muhim axborot manbai hisoblanadi.
Bundan taşqari, Leybnits agrolandşaft tadqiqotlari markazi (ZALF) bilan drenaj suvlaridan qayta foydalanişning biologik usullarini örganiş böyiça hamkorlik, "German Water Partnership" va "Özsuvtaʼminot" örtasidagi aloqalar asnosida suv taʼminoti va oqova suvlarni tozalaş sohalarida zamonaviy yeçimlarni joriy etiş imkoniyatlari qayd etilgan.
Özbekistonning ekologik taşabbuslarida kökalamzorlaştiriş va çöllanişga qarşi kuraşiş ham muhim yönalişlardan biri sanaladi. "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida bir milliarddan ziyod daraxt va buta ekilgani, Orol dengizining qurigan tubida esa ikki million gektardan ortiq maydonda saksovul va boşqa çöl ösimliklaridan yaşil qoplamalar barpo etilgani maqolada alohida tilga olingan.
Bu kabi işlar nafaqat hududlarni kökalamzorlaştiriş, balki qum köçişi, tuz va çang zarralarining tarqalişini kamaytiriş, aholi salomatligi va tabiiy muhitni muhofaza qiliş nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Muallif Özbekistonning ekologik masalalarni hal etişda xalqaro taşabbuslar bilan hamohang harakat qilayotganiga ham eʼtibor qaratgan. Jumladan, 2024-yilda mamlakat taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasida örmonlarni barqaror boşqariş va degradatsiyaga uçragan qurğoqçil hududlarni tiklaşga doir rezolyutsiya qabul qilingani qayd etilgan. Şuningdek, 2025-yil aprel oyida Samarqandda ötkazilgan xalqaro iqlim forumida mintaqaviy moslaşuv strategiyasi, "Markaziy Osiyoning yaşil belboği" taşabbusi va genetik resurslar bankini taşkil etiş masalalari muhokama qilingani eslatilgan.
Maqolada Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlarining ekologik loyihalardagi iştiroki ham qayd etilgan. Suv tejovçi uskunalar, ekologik monitoring, tuproq holatini yaxşilaş, gidroenergetika va elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş xalqaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida körsatilgan.
Germaniyadagi elçixonamiz bilan hamkorlikda tayyorlangan uşbu maqola Özbekistonda amalga oşirilayotgan ekologik islohotlar, suv resurslarini muhofaza qiliş va xalqaro hamkorlik borasidagi işlar haqida özbek öquvçilari uçun ham foydali maʼlumot manbai bölib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA