Nematova Nargiza Isamiddinovnani “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaş töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
Davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, özining boy bilim va tajribasi, fidoyiligi, taşabbuskorligi va taşkilotçiligi bilan mamlakatimizda keng kölamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, Yangi Özbekistonning iqtisodiy salohiyati va taraqqiyotini yuksaltirişga munosib hissa qöşib kelayotgani, hududni kompleks rivojlantiriş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş, turli sohalarda muhim dastur va loyihalarni röyobga çiqariş, yangi iş örinlarini yaratiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş yölida alohida jonbozlik körsatayotgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Nematova Nargiza Isamiddinovna “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Ş.Mirziyoyev