«Neftchi» bosh murabbiyi Otabek Shukurov bilan muzokaralar haqida gapirdi
30 yoshli Otabek Shukurov ayni paytda erkin agent bo'lib turibdi.
«Neftchi» transfer oynasi davomida Otabek Shukurovni tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Biroq tomonlar o‘rtasidagi muloqot futbolchining hozircha O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirmayotgani sababli davom etmagan.
Bu haqda Farg‘ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ma’lum qildi.
«Shukurov bilan bog‘langanimizda, u hozircha O‘zbekistonga qaytish niyatida emasligini aytdi», — dedi 34 yoshli mutaxassis.
30 yoshli Otabek Shukurov ayni paytda erkin agent bo'lib turibdi. U iyul oyida BAAning «Baniyas» jamoasini erkin agent maqomida tark etgan edi.