Neft narxi pasaydi
Jahon neft bozorida narx tushdi. Treyderlar AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik hamda neft ta’minotiga ehtimoliy ta’sirni baholamoqda.
“Reuters” ma’lumotiga ko‘ra, “Brent” nefti 58 sent arzonlashib, barreli 84,37 dollarni tashkil qildi. WTI nefti narxi esa 18 sent pastlab, 79,42 dollarga tushdi.
Qayd etilishicha, asosiy xavf Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashishdagi uzilish bilan bog‘liq.
D.Hakimov, O‘zA