NASA “Artemida-3” ekipajini ma’lum qildi
AQSHning NASA kosmik agentligi “Artemida-3” Oy missiyasida ishtirok etadigan to‘rt nafar astronavt nomini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, ekipaj tarkibidan amerikalik astronavtlar Andre Duglas, Frenk Rubio va Rendi Bresnik, shuningdek, italiyalik astronavt Luka Parmitano o‘rin olgan. Ekipaj a’zolari Xyuston shahridagi Jonson kosmik markazida tanishtirildi.
Dastlab “Artemida-3” missiyasi doirasida insonni Oyga qo‘ndirish rejalashtirilgan edi. Biroq joriy yil fevral oyida NASA rejaga o‘zgartirish kiritib, ekipaj Oyga qo‘nmasligini ma’lum qildi.
Endi astronavtlar Yerning quyi orbitasida “SpaceX” va “Blue Origin” kompaniyalari ishlab chiqqan Oy qo‘nish moduli bilan tutashish jarayonnini sinovdan o‘tkazadi. Missiya parvozi 2027-yilga mo‘ljallangan. Insonning tabiiy yo‘ldoshga navbatdagi qo‘nishi esa 2028-yilga qoldirilgan.
D.Hakimov, O‘zA