Namanganlik yoşlar ham sovrinli örinlarni qölga kiritişmoqda
Ayni kunlarda poytaxtimizda ikkinçi bor anʼanaviy ravişda ötkazilayotgan “Prezident Olimpidasi” sport öyinlari murosasiz tarzda keçmoqda.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalaştiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, iqtidorli sportçilarni kaşf etiş, yozgi va qişki Olimpiya öyinlariga munosib nomzodlar zaxirasini şakllantirişga qaratilgan mazkur musobaqada namanganlik yoşlar ham sovrinli örinlarni qölga kiritmoqda.
3,5 mingdan ziyod yoşlar Olimpiya va Paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşayotgan musobaqada Namangan şahridagi Sportning öyin turlari va yengil atletika böyiça ixtisoslaştirilgan sport maktabi tarbiyalanuvçisi Anasxon Asadullayev yengil atletika sport turining 300 metr masofaga yuguriş bahslarida barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinçi örinni egallab, oltin medalni qölga kiritdi.

Uşbu maktabning yana bir vakili Umar Rahimjonov musobaqaning 150 gramm bölgan tennis koptogini uloqtiriş bahslarida eng yuqori natijani qayd etib, oltin medalga ega çiqdi va “Prezident Olimpiadasi”ğolibi sifatida eʼtirof etildi.
Viloyatimiz hisobiga yozilgan navbatdagi yana ikki oltin ayollar kuraşi böyiça bahslarga kirişgan sportçi-yoşlarimiz hisobiga yozildi.
Uçqörğon tumani sport maktabi tarbiyalanuvçisi Guliraʼno Maşrabova 39 kilogramm vazn toifasida barça raqiblarini ortda qoldirib, zafar naşidasini surdi.

Davlatobod tumanida joylaşgan Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi vakili Muslima Hojimamatova 50 kilogramm vaznda barça bahslarni muvaffaqiyat bilan ötkazib, çempionlik maqomiga sazovor böldi.
Galdagi ikki oltin medalga badminton böyiça yakkalik va juftlik bahslarida Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi tarbiyalanuvçisi Şohruh Holmatjonov hamda Sportning öyin turlari va yengil atletika böyiça ixtisoslaştirilgan sport maktabi sportçilari Javohir Qanoatov - Ramziddin Ahmadjonov tandemi erişgan yuqori natijalar tufayli qölga kiritildi.

Şu yil 8-noyabrga qadar davom etadigan “Prezident Olimpiadasi” bahslarida ayni vaqtda Namangan viloyati terma jamoasi hisobida 4 ta oltin, 9 ta kumuş va 18 ta bronza medallari mavjud. Aytiş joizki, namanganliklar umumjamoa hisobidagi reytingdagi quyi poğonalardan (hozirda 12-örin) oldinga ildamlaş uçun asosiy eʼtiborni oltin medallar salmoğini oşirişga qaratişlari kerak.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri