“Karate Premium Cup – 2026” mingdan ziyod sportçini birlaştirdi
Sirdaryo viloyati Guliston şahrida karate böyiça “Karate Premium Cup – 2026” xalqaro musobaqasi bölib ötdi.
Musobaqada mamlakatimiz, şuningdek, Turkmaniston, Qozoğiston, Pokiston, Tojikiston va Qirğizistondan taşrif buyurgan mingdan ziyod sportçilar turli yoş toifalarida özaro kuç sinaşdi. Bellaşuvlar davomida iştirokçilar özlarining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va ğalabaga bölgan intilişini namoyiş etdi.
Mazkur xalqaro musobaqa yoş sportçilarning tajriba orttirişi, mahoratini oşirişi, mamlakatlar örtasidagi döstlik va sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, karateni yanada ommalaştirişga xizmat qildi.
[gallery-32351]
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar medal, kubok hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Umid OBIDJONOV (surat), ÖzA