Namanganlik chempion qizlar
Namanganlik Muxlisa Abdumalikova, Umida Mirhamidova, Mahliyo Yo‘ldosheva joriy yilning noyabr oyida yoshlar o‘rtasida Hindistonda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Namanganlik Muxlisa Abdumalikova, Umida Mirhamidova, Mahliyo Yo‘ldosheva joriy yilning noyabr oyida yoshlar o‘rtasida Hindistonda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha jahon chempionatida o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.Chempion qizlar Namangan shahridagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari bo‘lib, murabbiy Komiljon Bo‘tayev rahbarligida mahorat oshirmoqda. Maktabda kurash, boks, dzyudo, yunon-rum kurashi, karate, taekvondo(WTF), og‘ir atletika, velosport, o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ularga jalb etilgan 679 nafar yoshning 130 dan ziyodi qizlardir.