Namanganda voleybolchi qizlar bahslashmoqda
Shu kunlarda Namanganda 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug‘ilgan qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha, 5 noyabrdan boshlangan musobaqalarning har ikki yosh toifasidagi jamoalar 3 tadan guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Chempionatda Navoiy viloyati va Toshkent shahri jamoalari noma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmayapti.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Xusan Nasrullayevning bildirishicha, mazkur yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarning yuqori saviyada o‘tkazilishiga alohida e’tibor berilishi uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan rejali ishlardan hisoblanadi.Sababi, aynan shu yosh toifasidagilar kelgusida mamlakat terma jamoalarining asosini tashkil etadi.
Har ikki yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati o‘yinlari 7 noyabrga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA