Namanganda turizm mavsumi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida turizm mavsumi boshlangan ayni damda Turkiya davlatidan 15 nafar sayyoh tashrif buyurdi.
Mehmonlarni viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov kutib olib, ularga Namanganning boy tarixi va madaniy merosi haqida so‘zlab berdi. Sayyohlar viloyatning eng diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. Xususan, “O‘n bir Ahmad” ziyoratgohi, “Afsonalar vodiysi” tematik parki, “Axsikent” arxeologiya parki, Namanganni “Gullar shahri” sifatida dunyoga tanitgan eng mashhur joylardan biri bo‘lgan gul bozori, drama teatri kabilarga sayohat tashkil etildi.
Namanganning so‘lim tabiati, tarixi va mehmondo‘st xalqi, milliy taomlari ayniqsa, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Sayyohlar 64-Xalqaro gullar festivalida Namanganga yana tashrif buyurish niyatida ekanligini bildirdi.
[gallery-22450]
Viloyatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va sayyohlar oqimining tobora ortishi hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan birga, uni xalqaro maydondagi nufuzini ham mustahkamlab borayotgani bilan ahamiyatli.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA