Namanganda jamoat transporti parki yangi avtobuslar bilan to‘ldirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida 12 ta zamonaviy avtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.
«Malakali avtotrans servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoyning “Anhui Ankai Automobile Co., Ltd” kompaniyasi bilan zamonaviy avtobuslar xarid qilish yuzasidan 1 million 875 ming AQSH dollari qiymatida shartnoma imzolandi.
Shartnomaga muvofiq, xarid qilinayotgan 12 ta “ANKAI” rusumli avtobus uchun dastlabki 9 milliard so‘m to‘lov amalga oshirilib, transport vositalari Namangan shahriga olib kelindi. Yil yakuniga qadar yana 18 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.
[gallery-30518]
Yangi avtobuslar 12-sonli «Xonobod – Sherbuloq» yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Mazkur yo‘nalishda bir kunda o‘rtacha 7 ming 100 nafarga yaqin yo‘lovchiga transport xizmati ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
Yangi avtobuslarning qatnovga chiqarilishi shaharda jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA