Namanganda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “Kid Kamila” korxonasida bugungi kunda 120 nafar kishi mehnat qilmoqda. Korxonada erkaklar kiyimlari ishlab chiqariladi.
Korxona tomonidan 2025-yilda Rossiya va Belarus bozorlariga 2 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilingan. Joriy yilda mazkur ko‘rsatkichni 4 million AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
[gallery-31058]
Buning uchun korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirish, zamonaviy texnologiya va uskunalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tashqi bozorda korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA