Namangan xalqaro maqom anjumani mehmonlarini kutib olishga shay
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida milliy musiqa san’atining noyob namunasi bo‘lgan maqomni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan III Xalqaro maqom san’ati anjumani oldidan tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23–26-iyun kunlari Namangan viloyatida YUNESKO va ICESCO shafeligida III Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi. Nufuzli madaniy tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan keladigan maqom ijrochilari, musiqashunos olimlar va san’at namoyandalari ishtirok etishi kutilmoqda.
[gallery-30047]
Ayni paytda anjuman o‘tkaziladigan maskanlarda bezatish ishlari, sahna va texnik inshootlarni tayyorlash, ishtirokchilar hamda mehmonlarni kutib olish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar yakuniga yetkazilmoqda.
Mazkur anjuman maqom san’atining boy an’analarini keng targ‘ib etish, milliy musiqiy merosni asrab-avaylash va xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA