Namangan xalqaro kredit reytingiga ega böldi
Respublikamizning kiçik biznes, sanoat va tadbirkorlik markazi bölgan Namangan viloyati iqtisodiy rivojlanişida muhim tarixiy voqea yuz berdi. Viloyat ilk bor nufuzli “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligidan “BB” darajasidagi xalqaro kredit reytingini qölga kiritdi.
Reyting prognozi “Barqaror” (“Stable”) etib belgilandi. Bu voqelik Namangan viloyatining global iqtisodiy xaritadagi örnini mustahkamlab, xorijiy hamkorlar va investorlar uçun işonçli manzil ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Eʼtirof etiş darkor, mazkur natija Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati, moliyaviy barqarorligi va investitsiyaviy jozibadorligi xalqaro miqyosda eʼtirof etilganini anglatadi.
– Xalqaro reyting viloyatimiz uçun yangi investitsiya imkoniyatlarini oçadi. Bu öz navbatida, xorijiy investorlar uçun viloyatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xalqaro mezonlar asosida baholaş imkoniyati yuzaga keladi, – dedi Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliği Zuhriddin Bahriddinov. – Xalqaro banklar, investitsiya fondlari va moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş osonlaşadi. Yirik sanoat, infratuzilma, energetika va xizmat körsatiş loyihalariga xorijiy kapital jalb qiliş imkoniyatlari ortadi. Investorlar uçun moliyalaştiriş şartlarini yaxşilaş va mablağ jalb qiliş xarajatlarini kamaytirişga zamin yaratiladi. Davlat-xususiy şeriklik asosidagi loyihalarga xalqaro kompaniyalarni jalb qiliş uçun qöşimça işonç omili şakllanadi.

Eʼtiborlisi şundaki, Namangan viloyatning moliyaviy körsatkiçlari ham ijobiy ösiş dinamikasini namoyon etmoqda. Jumladan, ötgan 2025-yilda byudjet tuşumlari 4 trillion 157 milliard sömni taşkil etgan bölsa, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida 3 trillion 644 milliard söm tuşum taʼminlandi. Yil yakuni böyiça esa uşbu körsatkiç 5 trillion 3 milliard sömga yetişi kutilmoqda. Bu ötgan yilga nisbatan byudjet tuşumlari 846 milliard sömga yoki 20,4 foizga ösişini anglatadi. Mazkur ösiş viloyat iqtisodiyotining kengayişi, tadbirkorlik faolligining ortişi va hududning moliyaviy imkoniyatlari mustahkamlanib borayotganini körsatadi.
Eng muhimi, xalqaro kredit reytingi Namangan viloyatini xorijiy investorlar uçun yanada oçiq, şaffof va işonçli hamkorga aylantirişda muhim qadamdir. Endi uşbu imkoniyatdan samarali foydalanib, yangi investitsiyalarni jalb qiliş, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, eksportni kengaytiriş va aholi bandligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Binobarin, uşbu reyting investorlarga Namanganning iqtisodiy salohiyati, moliyaviy barqarorligi, investitsiya muhiti va kelgusidagi rivojlaniş istiqbollarini xalqaro mezonlar asosida baholaş imkonini beradi.
Xullas, reytingdagi eʼtirofli yutuq viloyatning xalqaro maydondagi iqtisodiy oçiqligi va investitsion jozibadorligi yanada oşganidan dalolat beradi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri