Muzeyga tashrif qiziqarli bo‘ldi
Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi texnik mutaxassislarni tayyorlash markazi kursantlari “NKMK tarixi” muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.
Muzeydagi mavjud 1,5 mingdan ortiq tarixiy, kon-metallurgiya sanoati, NKMK yutuqlari va boshqa qiziqarli eksponatlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
- O‘zim navoiylik bo‘lsam-da, bu muzeyga birinchi kelishim. Bu nafaqat men uchun, balki safdoshlarimiz uchun ham qiziqarli bo‘ldi. Aytganlardek, kon-metallurgiya sanoati sir-sinoatlarga, boy tarixga ega ekan. Zamonaviy zavodlar, konlar, texnikalar maketlari hamda boshqa ko‘rgazmalardan o‘zimizga tegishli ko‘nikmalarni oldik, - deydi kursant Hamid Toshto‘xtayev.



Muzeyga tashrif “Uch avlod uchrashuvi” bilan davom etdi. Viloyat faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari Ilyos Mustafoyev, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari Abbos Karimov, viloyat mudofaa boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mutaxassisi Furqat Jo‘rayev va boshqa ishtirokchilar o‘zlarining hayot yo‘llarini yoshlarga so‘zlab, qimmatli maslahatlar berishdi.


Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Abdumajid Jo‘rayevning Vatan, mustaqillik, tinchlik haqidagi she’rlari barchaga zavq bag‘ishladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri