Musurmankulova Shaxribon Gulmurodovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekcha va turkcha frazemalar korpusining lingvistik ta’minoti” mavzusida
Musurmankulova Shaxribon Gulmurodovnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekcha va turkcha frazemalar korpusining lingvistik ta’minoti” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 24 iyun soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi,103-uy.
Tel: (90) 937-65-86;
e-mail: monitoring@navoiy-uni.uz